Endryu va Tristan Teyt ijtimoiy tarmoqlardagi faoliyati orqali tanilgan. Ular ijtimoiy tarmoqlarda boy va hashamatli hayot tarzini targ‘ib qilib, daromad topish, biznes, munosabatlar hamda erkaklar va jamiyat haqidagi qarashlari bilan o‘rtoqlashib kelgan. Ularning kontenti katta auditoriyani to‘plagan, biroq so‘nggi yillarda aka-uka bir qator jinoiy ishlar doirasida ham markazda bo‘lib kelmoqda.
Buyuk Britaniyada ularga nisbatan bir qator ayblovlar, jumladan, zo‘rlash, jinsiy zo‘ravonlik va jinsiy ekspluatatsiya maqsadida odam savdosi bilan bog‘liq ayblovlar ilgari surilgan. 2026-yil iyul oyida aka-uka AQShda qo‘lga olingan, shundan so‘ng Britaniya tomoni ularni ekstraditsiya qilishga harakat qilgan. Britaniya prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, ish doirasida o‘nlab ayblovlar mavjud. Teytlar barcha ayblovlarni rad etmoqda, shu sababli sud jarayonlari yakunlanmaguncha ularning aybini isbotlangan fakt sifatida baholab bo‘lmaydi.
Yangi sud hujjatlari ham katta e’tiborni tortdi. Teytlarning advokatlari aka-ukalar internetda namoyish etgan boy va hashamatli hayot tarzi ularning biznes modelining bir qismi bo‘lganini, bu obraz esa ko‘rishlar sonini oshirish va daromad olish uchun ishlatilganini bildirgan. Hujjatlarda ayrim qimmat avtomobillar, jumladan Bugatti va Aston Martin, ushbu obrazni yaratish maqsadida ijaraga olingani qayd etilgan.
Shu tariqa, ijtimoiy tarmoqlarda namoyish etilgan qimmat avtomobillar va boshqa hashamatli buyumlar har doim ham ularning shaxsiy mulki bo‘lganini anglatmagan.
2026-yil aprel oyida Endryu va Tristan Teyt O‘zbekistonga ham tashrif buyurgan.


