VALUTA KURSLARI:💱
USD11 938▼ -10.69
OB-HAVO:🌤
Toshkent35°Ochiq

Instagram o‘n yil ichida ilk bor matnli logotipini yangiladi

Instagram 10 yil ichida ilk bor matnli logotipini yangiladi

Instagram o‘n yildan ortiq vaqt davomida ishlatilgan matnli logotipining yangi variantini taqdim etdi.

Instagram rahbari Adam Mosseri avvalgi dizayn eskirib qolganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi logotip yanada zamonaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, shu bilan birga original uslubga xos ayrim jihatlar va Instagram’ning o‘ziga xos soddaligini saqlab qolgan.

Foydalanuvchilar, ayniqsa, «r» harfining yozilishiga e’tibor qaratishdi. Izohlarda ular yangi shrift sabab Instagram nomi endi «Instagzam»ga ko‘proq o‘xshab qolganini hazil bilan yozishdi.

Instagram so‘nggi yirik dizayn yangilanishini 2016-yilda amalga oshirgan edi. O‘shanda kompaniya batafsil kamera tasviridan voz kechib, uning o‘rniga gradient rangli minimalist ikonani taqdim etgan.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish