Markaziy Osiyoning yagona elektr energetika tizimida yuz bergan keng ko‘lamli avariya sabab Olmatining Bostandik, Naurizbay, Auezov va Alatau tumanlarida elektr ta’minoti uzildi.
Nosozlik KEGOC kompaniyasining uchta liniyasida bir vaqtning o‘zida yuz bergan. Shundan so‘ng avariyaga qarshi avtomatika ishga tushgan. O‘chirilgan yuklama hajmi qariyb 300 MVtni tashkil qilgan.
Avariya fonida Olmatida mobil aloqa va simli internet ishlashida ham uzilishlar kuzatilmoqda.
Asosiy savol esa 14-avgust kuni soat 21:00 da Olmaota Markaziy stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan Kanye West (Ye) konserti bilan bog‘liq.
Stadion elektr ta’minoti to‘liq uzilgan hududlardan biri bo‘lgan Bostandik tumanida joylashgan. Hozirda mutaxassislar elektr ta’minotini tiklash bo‘yicha shoshilinch ishlarni olib bormoqda.
Agar elektr ta’minoti tadbir boshlanguniga qadar tiklanmasa, konsert bekor qilinishi yoki boshqa vaqtga ko‘chirilishi mumkin.
Shu bilan birga, konsert atrofida allaqachon katta shov-shuv yuzaga kelgan. Stadion yaqinidagi uylar aholisi balkon va zinapoyalardan arenani ko‘rish mumkin bo‘lgan joylarni sota boshlagan. Shu tariqa muxlislar stadion ichiga kira olmagan taqdirda ham konsertni hech bo‘lmaganda uzoqdan tomosha qilishga urinmoqda.



