Toshkentda Aktepa maydoni yaqinidagi yo‘l o‘tkazgichda harakatlanish sxemasi o‘zgartirildi
Toshkentdagi Aktepa maydoni yaqinidagi chorrahada yangi chapga burilishlar tashkil etildi. Bu haydovchilarga yo‘lni qariyb 600 metrga qisqartirish va tig‘iz vaqtda 10 daqiqagacha vaqt tejash imkonini beradi.


