Andijon viloyatida kamdan-kam uchraydigan ko‘p homilali tug‘ruq qayd etildi. Andijon tumani yashovchisi Dildoraxon Ahmedovaning bir vaqtning o‘zida to‘rt nafar farzandi tug‘ildi.
Ayol 20 avgust kuni ko‘p homilali homiladorlik tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan. Shifokorlar kesarcha kesish amaliyotini o‘tkazishga qaror qilgan.
Natijada:
qizaloq — 1 840 gramm;
o‘g‘il bola — 1 534 gramm;
qizaloq — 1 584 gramm;
qizaloq — 1 756 gramm vaznda tug‘ildi.
Tug‘ruq jarayonida akusher-ginekologlar, neonatologlar va reanimatologlardan iborat mutaxassislar jamoasi ishtirok etdi.
Hozirda ona va chaqaloqlarning holati shifokorlar tomonidan nazorat qilinmoqda. To‘rt nafar chaqaloq ham tibbiyot xodimlari kuzatuvida.



