VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 734▼ -54.39
OB-HAVO:🌤
Toshkent34°Ochiq

Kanye Westning Peterburgdagi konsertlari bekor bo‘lishi mumkin

Kanye Westning Peterburgdagi konsertlari bekor bo‘lishi mumkin

Kanye Westning Sankt-Peterburgda 10 va 11 oktyabr kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan konsertlarida kutilmagan muammo yuzaga keldi. «Gazprom Arena» vakillari tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha rasmiy shartnoma tuzilmaganini ma’lum qildi.

Shartnoma bo‘lmagani sababli stadion belgilangan sanalarda konsertlarni qabul qila olmaydi.

Vaziyatni yanada qiziq tomoni shundaki, avvalroq tadbir aynan shu maydon tomonidan faol targ‘ib qilingan. 17 avgust kuni «Gazprom Arena»ning rasmiy Telegram kanalida Kanye Westning ikki konserti haqida e’lon berilgan va muxlislar o‘rtasida chiptalar o‘ynalgan.

Konsertlar haqida reperning menejeri va tadbir tashkilotchilari ham avvalroq ma’lumot bergan.

Bundan tashqari, 24 avgust kuni kechqurun «Gazprom Arena»ning chiptalar sotilgan rasmiy sayti ham ishlamay qolgan.

Hozircha konsertlarning taqdiri noma’lum. Tashkilotchilar tadbirlarni boshqa maydonda o‘tkazish yoki dastlab e’lon qilingan shartlar bo‘yicha masalani hal qilishlari kerak.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish