VALUTA KURSLARI:💱
USD11 938▼ -10.69
OB-HAVO:🌤
Toshkent35°Ochiq

Qozog‘istonda sud Telegramdagi tanishuv xizmati «Dayvinchik»ni taqiqladi

Qozog‘istonda sud Telegramdagi tanishuv xizmati «Dayvinchik»ni taqiqladi

Olmaotadagi Alatau tuman sudi Telegramdagi mashhur «Dayvinchik tanishuvlar» xizmatining faoliyatini noqonuniy deb topdi va uni taqiqladi. Bu haqda Tengrinews Qozog‘iston rasmiylariga tayanib xabar bermoqda.

Olmaota prokuraturasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yil 30 oktyabrda Alatau tumanining nazorat organi voyaga yetmaganga nisbatan noqonuniy harakatlar fakti bo‘yicha jinoyat ishini sudga yuborgan. Prokuraturada aniqlik kiritishicha, qiz tanishuv sayti orqali keyinchalik uning nisbatan noqonuniy harakatlar sodir etgan shaxs bilan tanishgan.

Avvalroq Olmaota prokuraturasida shuningdek, yosh bo‘yicha cheklovlarsiz ishlayotgan va nazorat organi bahosiga ko‘ra, voyaga yetmaganlar xavfsizligiga tahdid tug‘dirayotgan «Dayvinchik tanishuvlar» Telegram-kanali aniqlangani haqida ham ma’lum qilingan edi. Shundan so‘ng uni noqonuniy deb topish va Qozog‘iston hududida faoliyatini taqiqlash bo‘yicha da’vo arizasi berildi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish