VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 769▼ -24.28
OB-HAVO:🌤
Toshkent35°Ochiq

Toshkentda Aktepa maydoni yaqinidagi yo‘l o‘tkazgichda harakatlanish sxemasi o‘zgartirildi

Toshkentda Aktepa maydoni yaqinida harakatlanish sxemasi o‘zgartirildi

Yo‘l harakatini tashkil etish markazi Aktepa maydoni yaqinidagi yo‘l o‘tkazgichda harakatlanish sxemasi o‘zgartirilganini ma’lum qildi. Chorrahada svetoforning ruxsat beruvchi signali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri chapga burilish uchun yangi yo‘nalishlar tashkil etildi. Bu avtomobillarning ortiqcha masofa bosib o‘tishini kamaytirib, qo‘shni yo‘l qismlaridagi tirbandlikni yengillashtirishga yordam beradi.

Lutfiy ko‘chasidan Nurafshon va Seul ko‘chalari tomon harakatlanayotgan haydovchilarga endi burilish joyini izlash uchun Muqimiy ko‘chasiga chiqish shart emas. Endilikda svetoforning ruxsat beruvchi signali yonganda avtomobillar chorrahada to‘g‘ridan-to‘g‘ri chapga burilib, Nurafshon va Seul ko‘chalari tomon harakatlanishi mumkin.

Shuningdek, Samarqand Darvoza ko‘chasi tomonidan kelayotgan avtomobillar uchun ham xuddi shunday chapga burilish tashkil etildi. Avval Lutfiy va Muqimiy ko‘chalariga borish uchun haydovchilar Nurafshon ko‘chasiga chiqib, shu yerda qayrilib olishiga to‘g‘ri kelgan. Endi bu manevrni bevosita chorrahada amalga oshirish mumkin.

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yangi harakatlanish sxemasi tufayli avtomobillar bosib o‘tadigan yo‘l qariyb 600 metrga qisqaradi, Nurafshon va Muqimiy ko‘chalari yaqinidagi qayrilish joylaridagi yuklama esa sezilarli darajada kamayadi. Oddiy vaqtlarda 4 daqiqagacha, tig‘iz vaqtlarda esa 10 daqiqagacha vaqt tejalishi kutilmoqda.

O‘zgarishlar piyodalar infratuzilmasiga ham taalluqli. Chorrahada piyodalar o‘tish joylari tashkil etilib, yo‘lni xavfsiz kesib o‘tish uchun alohida svetoforlar o‘rnatildi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish