VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 769▼ -24.28
OB-HAVO:🌤
Toshkent35°Ochiq

Shov-shuvli bloger Jafar va uning kompaniyasi basseyndagi video uchun 10 sutkadan qamoq jazosini oldi

Shov-shuvli bloger Jafar Toshkentda 10 sutkaga qamaldi

Toshkentda ijtimoiy tarmoqlarda Jafar taxallusi bilan tanilgan shov-shuvli bloger Jafar Yusupov va uning do‘stlari 10 sutkadan ma’muriy qamoq jazosini oldi.

Bunga basseyn yonida suratga olingan video sabab bo‘lgan. Videoda yoshlar kiyimlari bilan basseynга sakragan, suvga elektron sigaretalarni tashlagan va jamoat tartibini namoyishkorona buzgan. Rolik ijtimoiy tarmoqlarda foydalanuvchilarning keskin noroziligiga sabab bo‘lgan.

Video tarqalganidan so‘ng Toshkent shahar IIBB tomonidan tekshiruv o‘tkazilib, suratga olishda qatnashgan barcha shaxslar aniqlandi. Ular ichki ishlar organlariga olib borildi.

Tekshiruv davomida yoshlar o‘z ayblarini tan olib, omma oldida uzr so‘rashdi. Jafar ham kechirim so‘rab, bundan buyon bunday provokatsion kontentlarni e’lon qilmaslikka va’da berdi.

Sud ishtirokchilarni Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi — «Mayda bezorilik» bo‘yicha aybdor deb topdi. Ularning har biriga 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish