VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 769▼ -24.28
OB-HAVO:🌤
Toshkent35°Ochiq

O‘zbekistonda tug‘ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish narxi e’lon qilindi

O‘zbekistonda tug‘ilganlik guvohnomasini olish narxi qancha?

Ushbu xizmatlarning narxi va ularni olish tartibini 4 fevral kuni AOKAda o‘tkazilgan brifingda Adliya vazirligi matbuot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva tushuntirib berdi.

1 fevraldan boshlab bazaviy hisoblash miqdori (BHM) 245 ming so‘m etib belgilangan. Shundan kelib chiqib, quyidagi tariflar amal qiladi:

  • tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani birinchi marta olish — 36 750 so‘m. Faqat BHMning 15 foizi miqdoridagi gerb yig‘imi undiriladi;

  • guvohnomani takroran olish — 73 500 so‘m: 36 750 so‘m davlat boji va 36 750 so‘m gerb yig‘imi;

  • tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani tantanali sharoitda joyida berish — 159 250 so‘m: 36 750 so‘m gerb yig‘imi va xizmat uchun 122 500 so‘m.

Guvohnoma qanday rasmiylashtiriladi?

Bola tug‘ilgandan so‘ng tibbiyot muassasasi bir kun ichida bola va uning ota-onasi haqidagi ma’lumotlarni «Tug‘ilish va o‘limlarni, shu jumladan perinatal o‘limni elektron hisobga olish» axborot tizimiga kiritadi.

Shundan so‘ng ma’lumotlar avtomatik ravishda «FHDYOning yagona elektron arxivi» axborot tizimiga yuboriladi.

FHDYO bo‘limi xodimlari kelib tushgan ma’lumotlarni uch ish soati ichida ko‘rib chiqadi va shundan so‘ng bolaga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma rasmiylashtiriladi.

Shuningdek, ma’lumotlar boshqa davlat tizimlariga avtomatik ravishda yuborilib, bir qator xizmatlar qo‘shimcha murojaatlarsiz ko‘rsatiladi.

Jumladan:

  • tuman yoki shahar ichki ishlar boshqarmasi bolani bir kun ichida tegishli manzil bo‘yicha doimiy hisobga qo‘yadi;

  • maktabgacha ta’lim tizimi bolani ota-onalar so‘rovda ko‘rsatgan bog‘chaga avtomatik ravishda navbatga qo‘yadi;

  • Sog‘liqni saqlash vazirligi bir ish kuni ichida bolani onasi biriktirilgan poliklinikaga hisobga qo‘yadi. Agar ona tegishli ro‘yxatda bo‘lmasa, bola doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan manzil bo‘yicha poliklinikaga biriktiriladi;

  • Pensiya jamg‘armasi bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqani avtomatik ravishda rasmiylashtiradi.

Tug‘ilganlikni qayd etish bilan bog‘liq kompleks davlat xizmatlari Toshkent va Nukus shaharlarida 2021 yil 1 fevraldan, barcha viloyat markazlarida 2021 yil 1 fevraldan, 2021 yil 1 sentabrdan esa O‘zbekistonning butun hududida ko‘rsatilishi belgilangan.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish