VALUTA KURSLARI:💱
USD11 887▼ -55.49
OB-HAVO:🌤
Toshkent34°Ochiq

Chilonzor tumanida Kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

Toshkentda Chilonzor tumanidagi Kichik halqa yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

Harakat "Chilonzor" metro bekatidan Arnasoy ko‘chasigacha bo‘lgan yo‘l qismida vaqtincha to‘xtatiladi. Mazkur hududda mutaxassislar yo‘l qoplamasini ta'mirlash ishlarini amalga oshiradi.

Harakat quyidagi muddatlarda cheklanadi:

  • 6-avgust soat 00:00 dan;

  • 10-avgust soat 08:00 gacha.

Haydovchilar va yo‘lovchilarga tirbandliklarning oldini olish maqsadida marshrutlarini oldindan rejalashtirish hamda imkon qadar muqobil yo‘llardan foydalanish tavsiya etiladi.

Ta'mirlash ishlari yakunlangach, mazkur yo‘l qismida transport harakati odatdagi tartibda tiklanadi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish