Omadli chipta Illinoys shtatida sotilgan. Undagi raqamlar tirajda chiqqan barcha oltita g‘olib raqamga mos kelgan.
G‘olib yutuqni olishning ikki variantidan birini tanlashi mumkin: 29 yil davomida bo‘lib-bo‘lib jami 1,04 milliard dollar olish yoki bir martalik to‘lov sifatida 450,5 million dollarni olish.
Shuni ta’kidlash kerakki, har ikki summa ham soliqlar ushlab qolinmasidan oldingi miqdor hisoblanadi.
Taqqoslash uchun, Powerball tarixidagi eng katta jekpot 2,04 milliard dollarni tashkil etgan. U 2022-yil 7-noyabr kuni o‘ynalgan. G‘olib Kaliforniya shtatida yashovchi Edvin Kastro bo‘lgan. U soliqlar to‘langanidan so‘ng qo‘liga qariyb 1 milliard dollar olgan.



