Agar insonga o‘z ona tilida gapirish taqiqlansa, uning tildan foydalanishiga to‘sqinlik qilinsa yoki boshqa tilda gapirishga majburlansa, bunday harakatlar ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 42-moddasiga ko‘ra, tillar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun 1 dan 2 BHMgacha miqdorda jarima belgilangan.
Hozirda BHM 412 000 so‘m bo‘lgani uchun jarima 412 000 so‘mdan 824 000 so‘mgachani tashkil qiladi.
1-sentabrdan BHM 440 000 so‘mga oshiriladi. Shunga muvofiq, jarima miqdori ham 440 000 so‘mdan 880 000 so‘mgacha bo‘ladi.
📌 Demak, insonni ona tilidan foydalanishdan cheklash yoki boshqa tilda gapirishga majburlash qonunchilikda belgilangan javobgarlikka olib kelishi mumkin.





