VALUTA KURSLARI:💱
USD12 050▲ +61.42
OB-HAVO:🌤
Toshkent33°Ochiq

FSB Pavel Durovni xalqaro qidiruvga e'lon qildi

Pavel Durov xalqaro qidiruvga e'lon qilindi: FSB Telegram asoschisiga ayblov qo'ydi

Telegram asoschisi Pavel Durov Rossiya FSBsi tomonidan xalqaro qidiruvga e'lon qilindi. Rossiya OAV ma'lumotlariga ko'ra, unga terrorchilik faoliyatiga ko'maklashish moddasi bo'yicha sirtdan ayblov qo'yilgan. Nashrlar tayangan materiallar FSB tomonidan tayyorlangan, biroq maqola e'lon qilingan paytda idora tomonidan ish qo'zg'atilgani haqida alohida rasmiy bayonot berilmagan.

Tergov talqiniga ko'ra, Telegram rahbariyati terrorchilik va ekstremistik tashkilotlar tomonidan yollash, harakatlarni muvofiqlashtirish hamda taqiqlangan materiallarni tarqatishda foydalanilgan chatlar, kanallar va botlarni o'z vaqtida o'chirmagan. Tergov materiallarida tanishuv xizmati «Dayvinchik (Leo)» ham tilga olinib, u foydalanuvchilarni qidirish va yollash uchun ishlatilgan bo'lishi mumkinligi qayd etilgan.

Rossiya hukumati, shuningdek, Telegram «Krokus Siti Holl»dagi terakt, Darya Dugina va Vladlen Tatarskiyning o'ldirilishi, shuningdek rossiyalik harbiylarga uyushtirilgan hujumlarni tayyorlash va muvofiqlashtirishda ham qo'llanilganini ta'kidlamoqda. Shu sababli Durovning harakatlari Rossiya Jinoyat kodeksining 205.1-moddasi 1.1-qismi ("Terrorchilik faoliyatiga ko'maklashish") bo'yicha tergov qilinmoqda.

Agar u ushbu modda bo'yicha aybdor deb topilsa, Pavel Durov umrbod ozodlikdan mahrum etilishi mumkin. Ayblov sirtdan qo'yilgan bo'lib, tadbirkor hozirda Rossiyadan tashqarida yashamoqda.

Pavel Durov vaziyat yuzasidan allaqachon munosabat bildirgan. U o'zining Telegram-kanalida Rossiyada unga nisbatan jinoyat ishi qo'zg'atilganini tasdiqlab, buni Telegram platformasiga bosim o'tkazishga urinish deb atadi. Uning so'zlariga ko'ra, Rossiya hukumati "har kuni rossiyaliklarning Telegram'dan foydalanishini cheklash uchun yangi bahonalar o'ylab topmoqda" va shu orqali shaxsiy hayot daxlsizligi hamda so'z erkinligini cheklashga urinmoqda.

Bu Durovga nisbatan ilk tergov emas. U 2024-yildan buyon Fransiyada ham Telegram orqali sodir etilgan jinoyatlarga yetarli darajada qarshi kurashilmagani yuzasidan olib borilayotgan tergov doirasida ishtirok etmoqda. Tadbirkor ilgari ham barcha ayblovlarni rad etib, Telegram amaldagi qonunchilik doirasida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlik qilishini ta'kidlagan.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish