Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Birlashgan Arab Amirliklaridagi Dubay xalqaro aeroportida ishlash uchun O‘zbekiston fuqarolarini tanlovga taklif qilmoqda.
Tanlov doirasida 80 ta ofitsiant (Waiter/Waitress) bo‘sh ish o‘rni ochilgan.
Nomzodlarga oyiga 8 226 BAA dirhami (taxminan 2 240 AQSH dollari) maosh taklif etiladi. Ish doimiy bo‘lib, ish vaqti haftasiga 48 soat (6 ish kuni, 1 dam olish kuni)ni tashkil etadi.
Vazifalar
Xodimlar mehmonlarga ovqat va ichimliklar taqdim etish hamda yuqori darajadagi xizmat ko‘rsatish standartlariga muvofiq xizmat ko‘rsatish bilan shug‘ullanadi.
Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar
Tanlovda 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan erkaklar va ayollar ishtirok etishi mumkin.
Talablar quyidagilardan iborat:
kamida o‘rta ma'lumotga ega bo‘lish;
1–2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lish;
Food & Beverage (F&B) sohasida kamida 1 yil ishlagan bo‘lish;
alkogolli, alkogolsiz, issiq va sovuq ichimliklar turlarini bilish;
xalqaro mehmondo‘stlik sohasida ish tajribasi ustunlik sifatida baholanadi.
Sinov muddati 6 oy etib belgilangan.
Ish beruvchi nimalarni ta'minlaydi
Ish beruvchi xodimlarni:
xizmat yotoqxonasida bepul turar joy;
tibbiy sug‘urta;
ijtimoiy himoya;
rasmiy mehnat shartnomasi asosida ish bilan ta'minlaydi.
Qanday ariza topshirish mumkin
Ariza topshirish Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining rasmiy portali orqali amalga oshiriladi.
Hozirga qadar ushbu vakant o‘ringa 220 nafardan ortiq nomzod qiziqish bildirgan. Arizalarni qabul qilish davom etmoqda.


