VALUTA KURSLARI:💱
USD12 035▼ -15.08
OB-HAVO:🌤
Toshkent34°Ochiq

Oq uy COVID-19ning laboratoriya kelib chiqishi haqida hisobotni e'lon qildi

Oq uy COVID-19ning laboratoriya kelib chiqishi haqidagi hisobotni e'lon qildi

AQSh ma'muriyati COVID-19 pandemiyasining kelib chiqishiga bag‘ishlangan hisobotni e'lon qildi. Hujjatda SARS-CoV-2 koronavirusi tabiiy yo‘l bilan emas, balki Uxan virusologiya institutidagi hodisa bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi haqidagi versiya qo‘llab-quvvatlanadi.

E'lon qilingan materiallarga ko‘ra, tergov virus laboratoriyadan kelib chiqqan bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatuvchi dalillarni keltiradi. Shuningdek, dastlabki kasallanish holatlari virusning insonlar orasiga bir martalik kirib kelishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligi ta'kidlanadi. Hisobotda Uxan virusologiya institutining bir necha xodimi 2019 yil kuzida, kasallikning rasmiy tarqalishi e'lon qilinishidan bir necha oy oldin betob bo‘lgani qayd etilgan.

Hujjatda AQShning ayrim amaldorlari va ilmiy tashkilotlariga nisbatan ham ayblovlar keltirilgan. Xususan, AQSh Allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti sobiq rahbari Entoni Fauchi virusning laboratoriya kelib chiqishi haqidagi versiyani rad etishga qaratilgan ilmiy maqola tayyorlanishiga tashabbus ko‘rsatgani aytiladi. Shuningdek, NIAID xodimlari xizmat yozishmalarini yo‘q qilgan bo‘lishi mumkinligi, bu esa AQShning Axborot erkinligi to‘g‘risidagi qonuni (FOIA) talablarini buzgan bo‘lishi ehtimoli qayd etilgan.

Hisobot mualliflari, shuningdek, AQSh Milliy sog‘liqni saqlash institutlari (NIH) va NIAID EcoHealth Alliance tashkiloti orqali Uxanda koronaviruslarning «funksiyasini kuchaytirish» (gain-of-function) bo‘yicha tadqiqotlarni moliyalashtirganini ta'kidlaydi. Qayd etilishicha, AQShning DARPA agentligi xavf yuqoriligi sababli avvalroq shunga o‘xshash loyihani qo‘llab-quvvatlashni rad etgan.

Hisobotning alohida qismi Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) faoliyatiga bag‘ishlangan. Unda JSST Xitoyning siyosiy bosimi ostida bo‘lgani va pandemiyaning kelib chiqishini tekshirishda yetarli darajada shaffoflikni ta'minlamagani ta'kidlanadi.

Mualliflar pandemiya davrida qo‘llanilgan cheklov choralarini ham tanqid qilgan. Jumladan, ikki metr ijtimoiy masofa saqlash talabi, majburiy niqob taqish va qat'iy lokdaunlarning ilmiy asoslanganligi shubha ostiga olinib, bu choralar jahon iqtisodiyoti, aholining ruhiy salomatligi va ta'lim tizimiga katta zarar yetkazgani qayd etilgan.

Bundan tashqari, hisobotda pandemiya davridagi AQSh yordam dasturlaridan yirik mablag‘lar o‘g‘irlangani aytiladi. Mualliflar hisob-kitobiga ko‘ra, firibgarlar ishsizlik nafaqalari dasturidan qariyb 191 milliard dollar, ish haqlarini qo‘llab-quvvatlash dasturi (PPP)dan esa yana 64 milliard dollarni o‘zlashtirgan.

Shuningdek, Portugaliya va Shvetsiya olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ham e'tibor qaratilgan. Unga ko‘ra, COVID-19dan keyin ko‘rish qobiliyatining yomonlashuvi T-hujayralar faoliyatidagi buzilishlar va ko‘z to‘qimalaridagi surunkali yallig‘lanish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish