VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 711▲ +25.00
OB-HAVO:🌤
Toshkent34°Ochiq

Bosh prokuratura yolgʻiz pensionerning uyi bilan bogʻliq ehtimoliy firibgarlik yuzasidan jinoyat ishini qoʻzgʻatdi

Toshkentda pensionerning uyi boʻyicha ehtimoliy firibgarlik yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

Oʻzbekiston Bosh prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda Mirzo Ulugʻbek tumanida yashovchi yolgʻiz keksa ayol haqida tarqalgan videoga munosabat bildirdi.

Dastlabki tekshiruv davomida 1940-yilda tugʻilgan L. Juravlyova yakka oʻzi yashagani hamda bir qator kasalliklar boʻyicha dispanser hisobida turgani aniqlangan.

Shuningdek, unga tegishli kvartira 2025-yil 25-sentabr kuni notarial tartibda tasdiqlangan oldi-sotdi shartnomasi asosida boshqa shaxs nomiga rasmiylashtirilgani maʼlum boʻlgan.

Pensioner ayol uyini boshqa shaxsga oʻtkazish chogʻida oʻz harakatlarining ahamiyatini anglaganmi yoki firibgarlik qurboni boʻlganmi, shuni aniqlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi "a" bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Hozirda voqeaning barcha holatlarini har tomonlama, toʻliq va xolisona oʻrganishga qaratilgan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq ommaviy axborot vositalari mazkur holat Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi nazoratiga olingani haqida xabar bergan edi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish