VALUTA KURSLARI:💱
USD11 857▼ -33.83
OB-HAVO:🌤
Toshkent32°Ochiq

O‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadi

O‘zbekistonda 16-noyabrdan saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadi

P2P o‘tkazmalari, ya’ni karta orqali kartaga pul o‘tkazish xizmatlari veb-saytlar orqali to‘liq to‘xtatiladi. Mobil bank ilovasiga yangi qurilmadan kirishda esa majburiy biometrik identifikatsiya talab etiladi.

Bundan tashqari, yangi qurilmada ulangan bank kartalari vaqtincha bloklanadi. Ularni qayta faollashtirish uchun SMS-kod orqali tasdiqlash talab qilinadi.

Kartalar uchun yangi qoidalar

Bank ilovasiga faqat foydalanuvchining o‘z kartalari yoki yaqin qarindoshlariga tegishli kartalarni qo‘shishga ruxsat beriladi.

Shuningdek, banklar SIM-kartaning fuqaroga tegishliligini PINFL orqali tekshiradi.

Firibgarlikdan himoya

Agar smartfonda viruslar yoki masofadan boshqarish imkonini beruvchi dasturlar aniqlansa, bank tizimi foydalanuvchiga xavf haqida avtomatik ravishda PUSH-xabarnoma va SMS ogohlantirish yuboradi.

Yangi talablar bank hisoblarini himoya qilishni kuchaytirish va mobil qurilmalardan foydalanish bilan bog‘liq firibgarlik xavfini kamaytirishga qaratilgan.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish