VALUTA KURSLARI:💱
USD11 857▼ -33.83
OB-HAVO:🌤
Toshkent32°Ochiq

O‘zbekistonda turizm sohasi uchun yangi imtiyozlar kengaytiriladi: mehmonxonalar qo‘llab-quvvatlanadi, turoperatorlar QQSdan ozod qilinadi

O‘zbekistonda turizm sohasi uchun yangi imtiyozlar joriy etiladi

Xorazm viloyatida tadbirkorlar bilan uchrashuvda Shavkat Mirziyoyev turizm sohasini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi choralarni ma’lum qildi.

Mehmonxona biznesini qo‘llab-quvvatlash

Uch, to‘rt va besh yulduzli mehmonxonalar qurilishiga beriladigan subsidiyalar yana ikki yilga uzaytiriladi. Shu bilan birga, subsidiya olish uchun mehmonxona toifasini tasdiqlovchi xorijiy kompaniya xulosasini taqdim etish talabi bekor qilinadi.

Shuningdek, yer solig‘i va mol-mulk solig‘ini 10 baravar kamaytirilgan stavkada to‘lash bo‘yicha imtiyozlar 2030-yilgacha uzaytiriladi.

Mehmonxona biznesini qo‘llab-quvvatlash uchun 50 million dollar yo‘naltiriladi.

Turoperatorlar QQSdan ozod qilinadi

Turoperatorlarning xorijiy sayyohlarga ko‘rsatadigan xizmatlari eksportga tenglashtiriladi. Shu sababli bunday xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) ozod qilinadi.

Bundan tashqari, sig‘imi 50 nafardan ortiq bo‘lgan mehmonxonalarda tijorat banklari xorijiy valyutadagi naqd pulni qabul qilish funksiyasiga ega bankomatlarni mustaqil ravishda o‘rnatadi.

Turistik transport vositalari uchun imtiyozlar

Turistik avtobuslar, elektrobuslar va mikroavtobuslarni olib kirish bo‘yicha bojxona imtiyozlari yana bir yilga uzaytiriladi.

Shuningdek, bunday transport vositalari utilizatsiya yig‘imidan ozod qilinadi.

Yangi choralar O‘zbekistonda mehmonxona infratuzilmasini rivojlantirish, turoperatorlarni qo‘llab-quvvatlash va xorijiy sayyohlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish