VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 746▼ -7.11
OB-HAVO:🌤
Toshkent32°Ochiq

Toshkentdagi «Yangiobod» bozori buzilmaydi — hudud obodonlashtiriladi

Toshkentdagi «Yangiobod» bozori buzilmaydi — bozor yangilanadi

Toshkentdagi «Yangiobod» bozorini buzish rejalashtirilmagan. Bu haqda poytaxt hokimligi bozor hududining kelajagi bo‘yicha tarqalgan ma’lumotlar yuzasidan ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, asosiy maqsad bozor faoliyatini o‘zgartirish emas, balki uning hududini obodonlashtirish va infratuzilmasini yaxshilashdan iborat.

Rejaga ko‘ra, hududdagi sanitariya sharoitlari, xavfsizlik, piyodalar uchun yo‘laklar va avtoturargohlar yaxshilanadi.

Shuningdek, hokimlik mavjud savdo joylari saqlab qolinishini ma’lum qildi. Bozorning amaldagi ixtisoslashuvini o‘zgartirish ham rejalashtirilmagan.

Hozirda shahar hokimligi loyiha tashkilotlari bilan hamkorlikda «Yangiobod» bozorini yangilash konsepsiyasini ishlab chiqmoqda. Tayyor loyiha jamoatchilik muhokamasiga taqdim etiladi.

Toshkent aholisi taklif etilayotgan o‘zgarishlar bilan tanishish, savollar berish va o‘z takliflarini bildirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish