VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 746▼ -7.11
OB-HAVO:🌤
Toshkent32°Ochiq

O‘zbekistonni kuchli issiq havo qoplaydi: janubda +43°, Toshkentda +38° gacha

O‘zbekistonda ob-havo: janubda havo harorati +43° gacha ko‘tariladi

Mamlakatning aksariyat hududlarida hafta davomida quruq va asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Faqat shimoli-g‘arbiy hududlarda 17–19 avgust kunlari ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

Kunduz kuni aksariyat viloyatlarda havo harorati +33...+38°, janubda ayrim joylarda +40...+43° gacha ko‘tariladi. Kechasi harorat +18...+23° atrofida bo‘ladi.

Shamol tezligi 7–12 m/s, ayrim joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ba’zi hududlarda chang-to‘zonli shamol kuzatiladi. 21 avgust kuni mamlakat shimolida shamol tezligi 22–25 m/s gacha yetishi mumkin.

Toshkentda asosan kam bulutli, yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi. Bugun kunduz kuni havo harorati +35° atrofida, ish haftasi oxirigacha kechalari +20...+23°, kunduz kuni +35...+38° bo‘lishi kutilmoqda.

Shamol sharqiy yo‘nalishda 3–8 m/s, ba’zi vaqtlarda 10–14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zonli shamol ehtimoli bor.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish