VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 717▼ -25.83
OB-HAVO:🌤
Toshkent34°Ochiq

Toshkentdagi 28 ta mahallada issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

Toshkentdagi 28 ta mahallada 7-avgust kuni issiq suv vaqtincha o‘chiriladi

7-avgust kuni Toshkent shahrining Olmazor va Yunusobod tumanlaridagi ayrim mahallalarda issiq suv ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.

Bunga “Beshqo‘rg‘on” podstansiyasida olib boriladigan profilaktika ishlari sabab bo‘lmoqda.
📍 Issiq suv vaqtincha o‘chiriladigan hududlar:

Olmazor tumani:

  • Amir Temur shoh ko‘chasi;

  • Mustaqillik shoh ko‘chasi;

  • Osiyo ko‘chasi;

  • Bog‘ishamol ko‘chasi;

  • Chingiz Aytmatov ko‘chasi;

  • Hamid Olimjon ko‘chasi;

  • Mingo‘rik, Abdulla Qodiriy, Sebzor, Oltinsoy, Shimoliy Olmazor, Zulfixonim, Nurafshon va Taxtapul mahallalari;

  • Qoraqamish dahalari: S-1, S-2, S-5, S-6, S-12, S-15, S-17, S-18;

  • Hamid Olimjon maydoni.

Yunusobod tumani:

  • Ahmad Donish ko‘chasi;

  • Yangishahar;

  • Dehqonobod;

  • Sohibkor;

  • Katta halqa yo‘li;

  • Shahriston;

  • Uch Qahramon;

  • Moyqo‘rg‘on;

  • Rixsiliy;

  • Yangi Yunusobod;

  • Yunusota;

  • Juma masjidi atrofi;

  • Yunusobodning 1–19-mavzelari.

Cheklovlar ikki vaqt oralig‘ida amal qiladi:

  • 05:00–08:00

  • 17:00–20:00

Mutasaddilar aholidan vaqtinchalik uzilishlarni inobatga olib, oldindan tayyorgarlik ko‘rishni tavsiya qildi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish