Abduqodir Husanov «Manchester City» bilan yangi shartnoma imzolab, uni 2031 yilgacha uzaytirdi. Shartnoma uzaytirilgach, uning yillik maoshi 7,5 million yevroni tashkil etadi.
Oʻzbek soʻmiga aylantirilganda bu yiliga qariyb 112,5 milliard soʻmga teng. Oylik summa taxminan 9,38 milliard soʻmni, haftalik esa qariyb 2,16 milliard soʻmni tashkil etadi.
Shuningdek, qisqaroq davrlar boʻyicha ham hisob-kitob keltirilgan: bir kunda Husanov taxminan 307,5 million soʻm, bir soatda esa qariyb 12,8 million soʻm ishlab topadi.

