VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 761▼ -3.95
OB-HAVO:🌤
Toshkent34°Ochiq

Toshkentning besh tumanida o‘chirish vaqtida ichimlik suvi tashib berish yo‘lga qo‘yildi

Toshkentda ichimlik suvi tashib berish: o‘chirish vaqtida besh tuman uchun jadval

Toshkentda ichimlik suvi tashib berish yo‘lga qo‘yildi: tumanlar bo‘yicha jadval e'lon qilindi

Profilaktika ishlari va sovuq suv ta'minoti vaqtincha to‘xtatilgani sababli poytaxtning beshta tumanida ichimlik suvi maxsus avtosisternalar orqali bepul yetkazib beriladi.

📍 Mirzo Ulug‘bek tumani

🕚 11:00 – 20:30

Ichimlik suvi quyidagi mahalla va ko‘chalarga yetkaziladi:
To‘rtariq, Angren, Salom, Amudaryo, Sirdaryo, Chirchiq, Bo‘zariq, Lomonosov, Arxeologiya, Qizilsuv, Podshobog‘, Sayohat, Qibray, Quduqboshi, Olchabog‘, Mirhosilboy, Qorasuv bo‘yi, Rishton, Ashxobod, Shams, Fazo, Fozil Yo‘ldosh, Sho‘rtepa, Xirmontepa, Intizor, Toshkent Oqshomi, Dilrabo, Gulsara, Sadaf, O‘qituvchi, Latofat, Zaytun, Sayqali, Alpomish, Charog‘on va boshqa hududlar.

Shuningdek, suv maktablar, bolalar bog‘chalari, shifoxonalar, davlat muassasalari, Prezident maktabi, Prezident universiteti, Harbiy akademiya, Qorasuv-1, 2, 3, 4, 6, Parkent dahalari hamda boshqa ijtimoiy obyektlarga ham yetkaziladi.

📍 Yashnobod tumani

🕚 11:00 – 20:00

Avtosisternalar quyidagi mahallalarda ishlaydi:
• To‘ytepa
• Cho‘lpon
• Istiqlol
• Semurg‘
• Boyqo‘rg‘on
• Mashinasozlar
• Do‘stobod
• Fidoyilar

Bundan tashqari, suv Bosh prokuratura, Indoneziya, Belarus, Xitoy, Turkiya, Fransiya va Yaponiya elchixonalari, Fanlar akademiyasi, 145-maktab hamda boshqa obyektlarga ham yetkaziladi.

📍 Mirobod tumani

🕚 11:00 – 16:00

Ichimlik suvi quyidagi ko‘chalarga olib boriladi:
• Movarounnahr
• Salar
• Mingo‘rik
• Sharof Rashidov
• Chimkent
• Shevchenko
• Nuroniylar
• Qo‘shko‘prik

Shuningdek, Respublika psixonevrologiya shifoxonasi, 4-son tug‘ruqxona va Glav Tashkent Stroy shifoxonasiga ham suv yetkaziladi.

📍 Chilonzor tumani

🕚 11:00 – 15:30

Ichimlik suvi Beshyog‘och mahallasi hamda quyidagi obyektlarga yetkaziladi:
• Davlat boshqaruvi akademiyasi
• Tashqi ishlar vazirligi
• Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti talabalar turar joyi
• American Technological University
• Humo Arena
• Boks federatsiyasi
• boshqa muassasalar.

📍 Yakkasaroy tumani

🕚 11:00 – 15:00

Avtosisternalar quyidagi mahallalarda ishlaydi:
• Yu. Rajabiy
• Tepa
• Bog‘isaroy
• Konstitutsiya

Shuningdek, suv Prezident Administratsiyasi, Islom Karimov memorial majmuasi, Turkiston mehmonxonasi, Ichki ishlar vazirligi hamda Prezident Davlat xavfsizlik xizmati obyektlariga ham yetkaziladi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish