Toshkent shahrining ayrim hududlarida 3-avgust soat 10:00 dan 4-avgust soat 10:00 gacha ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi.
Suv ta’minotidagi cheklovlar magistral tarmoqlarda olib boriladigan rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq. Mutaxassislar ushbu davrda 5 ta magistral zatvor (zadvijka)ni almashtiradi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, uzilishlar 22 ta mahalla, 884 ta ko‘p qavatli uy, 7006 ta xususiy xonadon hamda 242 ta davlat, ijtimoiy va boshqa obyektni qamrab oladi.
Ta’mirlash ishlari davomida aholiga maxsus avtotransport vositalari orqali ichimlik suvi yetkazib beriladi.
Mutasaddilar fuqarolarga zarur miqdorda ichimlik va texnik suvni oldindan zaxiralab qo‘yishni tavsiya qildi.


