Abituriyentlar uchun kirish imtihonlari ishtirokchilarining to‘liq reytingi bilan tanishish imkoniyati yaratildi.
Buning uchun mandat.uzbmb.uz portaliga kirib, «Kengaytirilgan qidiruv» bo‘limida kerakli fanlar majmuasini tanlash lozim.
Shundan so‘ng tizim tanlangan fanlar majmuasi bo‘yicha imtihon topshirgan barcha abituriyentlarning ro‘yxati, to‘plagan ballari hamda umumiy reytingdagi o‘rnini ko‘rsatadi.
Mazkur imkoniyat abituriyentlarga tanlov natijalarini batafsil tahlil qilish va o‘z natijalarini boshqa ishtirokchilar bilan taqqoslash imkonini beradi.


