UzAuto gibrid avtomobillar bozorida Xitoy brendlariga raqobat qilish uchun Chevrolet Captiva 6’ning gibrid versiyasini tayyorlamoqda.
Yangi Chevrolet Captiva 6 Hybrid 200 ot kuchiga ega elektromotor, 20,5 kVt·soat sig‘imli akkumulyator batareyasi va 1,5 litrli benzin dvigateli bilan jihozlanadi.
Modelning asosiy raqobatchilaridan biri sifatida BYD Song Plus Champion tilga olinmoqda. Shu tariqa, UzAuto gibrid avtomobillar bozorida Xitoy ishlab chiqaruvchilari bilan raqobatni kuchaytirishni rejalashtirmoqda.

