VALUTA KURSLARI:💱
USD12 031▼ -62.10
OB-HAVO:🌤
Toshkent39°Ochiq

Toshkentning ayrim hududlari aholisi tungi vaqtda issiq suv harorati pasayishi haqida ogohlantirildi

21 iyul kuni Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv harorati pasaytiriladi: ko‘chalar va manzillar ro‘yxati

21 iyulga o‘tar kechasi, soat 00:00 dan 06:00 gacha, Toshkentning ayrim hududlarida issiq suv harorati vaqtincha pasaytiriladi. Bu cheklovlar Veolia Energy Tashkent tomonidan Toshkent IEM (TashTES) hududida o‘tkaziladigan gidravlik sinovlar bilan bog‘liq.

Sinovlar davomida mutaxassislar quvurlarni yuqori bosim ostida tekshirib, yashirin nosozliklarni aniqlaydi va issiqlik tarmoqlarini kelgusi isitish mavsumiga tayyorlaydi.

Rejalashtirilgan ishlar quyidagi hududlarni qamrab oladi:

Ko‘chalar: Sh. Rustaveli, Bobur, Sh. Rashidov, Glinka, Bog‘ibuston, Arnasoy, Katta Chilonzor, Afrosiyob, Oybek, Avliyoota, Mirobod, Fidokor, Shohjahon, J. Shoshiy, A. Avloniy, Belariq, I. at-Termiziy, Urikzor, Ya. Kolas, Chimkent, Buyuk Turon, Muqimiy, Seul, Askiya, Cho‘ponota, Nurafshon, Gulxaniy, Lutfiy, Bog‘iston va Samarqand Darvoza.

Turar joy massivlari: Chilonzor massivining 1–5 va 7-mavzelari, E va I kvartallari, C-7 massivi, shuningdek Aktepa massivi va shu nomdagi mikrorayon.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish