Futbol bo‘yicha Jahon chempionati finalida tarixda ilk bor odatiy 15 daqiqalik tanaffus 30 daqiqagacha uzaytiriladi. Bu vaqt davomida tomoshabinlar uchun jahon yulduzlari ishtirokidagi yirik musiqiy shou tashkil etiladi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, sahnada Madonna, Shakira, Justin Bieber, BTS, Burna Boy, Coldplay hamda boshqa mashhur ijodkorlar chiqish qiladi. Tashkilotchilar finalni nafaqat eng muhim sport voqeasi, balki yilning eng yirik ko‘ngilochar shoularidan biriga aylantirishni maqsad qilgan.
Mutaxassislarning fikricha, tanaffusning 30 daqiqaga cho‘zilishi uchrashuv borishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki futbolchilar uzoq tanaffusdan so‘ng o‘yin ritmiga qayta moslashishlariga to‘g‘ri keladi.

/news/big/d/p/argentina-v-dopolnitelnoe-vremya-obygrala-shvejcariyu-i-vyshla-v-polufinal-chm-2026_1783827908346723380.jpg)