VALUTA KURSLARI:💱
USD12 012▲ +7.46
OB-HAVO:🌤
Toshkent39°Ochiq

JSST ekstremal issiq haqida ogohlantirdi: keksalarga ko‘chaga chiqmaslik tavsiya etildi

JSST ekstremal issiq haqida ogohlantirdi: keksalarni asrash tavsiya etildi

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa va Markaziy Osiyoni qamrab olgan anomal issiq munosabati bilan favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi. Tashkilotning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Hans Klyugening ta’kidlashicha, ekstremal issiqni oddiy ob-havo hodisasi emas, balki inson salomatligi uchun jiddiy xavf sifatida baholash lozim.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, yaqin kunlarda Yevropaning ayrim hududlarida havo harorati +43°C gacha ko‘tarilishi mumkin. Markaziy Osiyoning ayrim mamlakatlarida esa +40°C dan yuqori issiq saqlanib qolmoqda.

Mutaxassislar, ayniqsa, keksalar va yolg‘iz yashovchi insonlarga alohida e’tibor qaratishni tavsiya qilmoqda. Shuningdek, kunning eng issiq vaqtida quyosh ostida yurmaslik, ko‘proq suv ichish, jismoniy zo‘riqishni kamaytirish va imkon qadar salqin joylarda bo‘lish tavsiya etiladi.

JSST eslatishicha, ekstremal issiq eng avvalo keksalar, bolalar, homilador ayollar hamda surunkali kasalliklarga chalingan insonlar uchun xavflidir. Sog‘liq yomonlashgan taqdirda zudlik bilan shifokorga murojaat qilish tavsiya etiladi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish