VALUTA KURSLARI:💱
USD12 035▲ +21.82
OB-HAVO:🌤
Toshkent29°Shabada yomg‘ir

Oʻzbekistondagi barcha OTMlarda tadbirkorlik bo‘yicha majburiy fan joriy etiladi

Oʻzbekistondagi barcha OTMlarda tadbirkorlik bo‘yicha majburiy fan joriy etiladi

2026/2027-o‘quv yilidan boshlab Oʻzbekistondagi barcha oliy ta’lim muassasalarida “Tadbirkorlik asoslari” fani majburiy tarzda o‘qitila boshlaydi.

Mazkur kurs talabalarda biznes sohasiga oid boshlang‘ich bilim va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga qaratilgan. Xususan, ular tadbirkorlik faoliyatini yuritishning asosiy tamoyillari hamda o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari bilan tanishtiriladi.

Yangi fan talabalarga tadbirkorlik yo‘nalishida yanada kengroq bilim olish va kelajakdagi biznes g‘oyalarini amalga oshirish uchun zarur tayyorgarlikni shakllantirishga yordam berishi kutilmoqda.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish