VALUTA KURSLARI:💱
USD11 982▼ -32.67
OB-HAVO:🌤
Toshkent35°Bulutli

Eski avtomobil egalari tayyor bo‘lsin: O‘zbekistonda ular uchun yiliga 12 mln so‘mdan ortiq yig‘im joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda 30 yildan eski avtomobillar uchun ekologik yig‘im joriy etilishi mumkin

Eski avtomobil egalari tayyor bo‘lib qo‘yganlari ma’qul: O‘zbekistonda ular uchun yiliga 12 mln so‘mdan ortiq yig‘im joriy etilishi mumkin.

Yangi hujjat loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Agar taklif ma’qullansa, 2027-yildan boshlab yoshi 30 yildan oshgan avtomobillar egalari har yili 30 BHM miqdorida ekologik yig‘im to‘lashlari kerak bo‘ladi. Hozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, bu taxminan 12,4 mln so‘mni tashkil etadi.

E’tiborlisi, o‘zgarishlar faqat moliyaviy majburiyatlar bilan cheklanib qolmasligi mumkin. Bunday avtomobillar uchun foydalanish va qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibiga oid qo‘shimcha cheklovlar ham joriy etilishi taklif qilinmoqda.

Hozircha hujjat qabul qilingan emas. Loyiha jamoatchilik muhokamasi bosqichida bo‘lib, uning ayrim qoidalari hali o‘zgartirilishi mumkin.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish