VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 985▲ +49.94
OB-HAVO:🌤
Toshkent30°Bulutli

O‘zbekistonda TOP-500 talikka kiruvchi universitetlarni tamomlagan bitiruvchilarga 15 BHMgacha qo‘shimcha ustama to‘lanadi.

O‘zbekistonda TOP-500 universitet bitiruvchilariga 5–15 BHM ustama to‘lanadi

O‘zbekistonda dunyo reytingidagi TOP-500 universitetlarni tamomlagan va nodavlat notijorat tashkilotlarida (NNT) ishlayotgan bitiruvchilar uchun yangi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etildi.

Unga ko‘ra, bunday mutaxassislar har oy ish haqiga qo‘shimcha ravishda 5 dan 15 bazaviy hisoblash miqdorigacha (BHM) ustama olishlari mumkin bo‘ladi. To‘lov miqdori mutaxassisning malakasi va ish sharoitiga qarab belgilanadi.

Dastur «Yoshlar oyligi» doirasida amalga oshirilmoqda va xorijda ta’lim olgan yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash hamda ularni nodavlat sektorida faoliyat yuritishga rag‘batlantirishga qaratilgan.

Loyiha O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tomonidan davlat dasturi asosida amalga oshirilmoqda. Nomzodlar maxsus platforma orqali onlayn ariza topshirishlari mumkin.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish