VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 731▲ +39.74
OB-HAVO:🌤
Toshkent39°Ochiq

O‘zbekistonda ruxsatsiz qurilishlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

O‘zbekistonda ruxsatsiz qurilishlar uchun javobgarlik kuchaytiriladi

Oliy Majlis Senati qurilish sohasida davlat nazorati va boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan qonunni ma’qulladi.

Qonunga ko‘ra, turar joylar va boshqa obyektlarni tegishli ruxsatnomalar hamda belgilangan tartibdagi hujjatlarsiz qurganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

Hujjatning asosiy maqsadi noqonuniy qurilishlarning oldini olish, binolar xavfsizligini ta’minlash va shaharsozlik me’yorlariga rioya etilishini kuchaytirishdan iborat.

Shuningdek, yangi tartiblar qurilish faoliyati ustidan davlat nazoratini yanada samarali tashkil etish, ruxsatsiz qurilishlar sonini kamaytirish va amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishini ta’minlashga xizmat qiladi.

Qonun Prezident tomonidan imzolangach, belgilangan tartibda kuchga kiradi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish