JM xodimlari uchun Chevrolet Tracker va Chevrolet Onix avtomobillarini xarid qilish bo‘yicha maxsus foizsiz bo‘lib to‘lash dasturi yo‘lga qo‘yildi.
Dastur shartlariga ko‘ra, xodimlar avtomobilni 15% boshlang‘ich to‘lov bilan rasmiylashtirib, qolgan summani 48 oy davomida teng to‘lovlarda, foizsiz to‘lashlari mumkin.
Boshlang‘ich to‘lov miqdori tanlangan komplektatsiyaga bog‘liq. Shartnoma rasmiylashtirilib, birinchi to‘lov amalga oshirilgach, avtomobil egasiga topshiriladi, qolgan summa esa to‘rt yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lanadi.
Mazkur dastur faqat JM xodimlari uchun amal qiladi. Dastur shartlari va mavjud komplektatsiyalar bo‘yicha batafsil ma’lumotni kompaniyaning mas’ul bo‘limlaridan olish mumkin.


