2026-yil 1-iyuldan O‘zbekistonda ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordamlarning yangi miqdorlari kuchga kirdi. O‘zgarishlar bolalar nafaqasi, moddiy yordam, yoshga doir va nogironlik nafaqalari hamda boshqa bir qator ijtimoiy to‘lovlarni qamrab oldi. Ayrim to‘lovlarning yangi miqdori esa 2026-yil 1-sentyabrdan amal qiladi.
2026-yil 1-iyuldan amal qiladigan nafaqalar
Bolalar nafaqasi
🔹 386 000 so‘m , 3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzand uchun bolalar nafaqasi;
🔹 295 000 so‘m , 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan birinchi farzand uchun bolalar nafaqasi;
🔹 177 000 so‘m , oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha bolalar nafaqasi;
🔹 118 000 so‘m , oilaning uchinchi va undan keyingi har bir farzandi uchun qo‘shimcha bolalar nafaqasi.
Boshqa ijtimoiy to‘lovlar
🔹 450 000 so‘m , moddiy yordam;
🔹 878 000 so‘m , yoshga doir nafaqa;
🔹 878 000 so‘m , nogiron bolaning onasiga yoshga doir nafaqa;
🔹 1 209 000 so‘m , I guruh nogironlik nafaqasi;
🔹 1 083 000 so‘m , II guruh nogironlik nafaqasi;
🔹 1 083 000 so‘m , 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi bo‘lgan bolalar nafaqasi;
🔹 878 000 so‘m , boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasi;
🔹 878 000 so‘m , parvarishlash nafaqasi;
🔹 226 800 so‘m , uy-joy kommunal xizmatlari uchun kompensatsiya;
🔹 504 000 so‘m , 100 yosh va undan oshgan fuqarolar uchun nafaqa;
🔹 715 000 so‘m , yakka yolg‘iz shaxslarga moddiy yordam;
🔹 2 016 000 so‘m , dafn marosimi nafaqasi.
2026-yil 1-sentyabrdan amal qiladigan to‘lovlar
1-sentyabrdan yana ikki turdagi to‘lovning yangi miqdori kuchga kiradi:
🔹 2 640 000 so‘m , ozod qilingan shaxslarga moddiy yordam;
🔹 956 800 so‘m , bola tug‘ilganda beriladigan bir martalik nafaqa (suyunchi).
Yangi nafaqa va ijtimoiy to‘lovlar miqdorlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan e’lon qilindi.



