2026-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 0–14 yoshdagi 11 630 879 dan ortiq bola istiqomat qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatdagi bolalar orasida 6,3 milliondan ortig‘i o‘g‘il bolalar, 5,6 millionga yaqini esa qiz bolalardir. Shu bilan birga, 2026-yil 1-iyun holatiga ko‘ra, respublika aholisi soni 38 485 280 kishini tashkil etadi.



