VALUTA KURSLARI:💱
USD12 035▲ +21.82
OB-HAVO:🌤
Toshkent29°Shabada yomg‘ir

O‘zbekistonda harbiy hisob raqamlashtiriladi va voenkomatlar bosqichma-bosqich tugatiladi

O‘zbekistonda harbiy hisob raqamlashtiriladi va voenkomatlar bosqichma-bosqich tugatiladi

O‘zbekistonning mudofaa sohasida “nol byurokratiya” tamoyili joriy etilmoqda. Islohot doirasida xalq orasida “harbiy komissariatlar” deb ataladigan mudofaa ishlari bo‘limlari bosqichma-bosqich tugatiladi, aksariyat jarayonlar esa raqamli formatga o‘tkaziladi.

Yangi qoidalarga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan va ID-karta olgan yigitlar avtomatik ravishda harbiy hisobga qo‘yiladi. Buning uchun fuqarolarga endi davlat organlariga shaxsan borish, hujjat to‘plash yoki ariza topshirish talab etilmaydi.

Barcha zarur ma’lumotlar Ichki ishlar vazirligining axborot bazasidan Mudofaa vazirligi tizimiga avtomatik tarzda uzatiladi. Bu esa byurokratik jarayonlarni sezilarli darajada kamaytirib, fuqarolar vaqtini tejashga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, islohot doirasida mudofaa ishlari bo‘limlarida mavjud bo‘lgan tibbiy komissiyalar to‘liq bekor qilinadi. Chaqiruv yoshidagi va harbiy majburiyatli fuqarolarning rejali tibbiy ko‘riklari tuman va shahar markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikalarida o‘tkaziladi.

Yangi tartiblar harbiy hisobga qo‘yish va tibbiy ko‘rik jarayonlarida shaffoflikni oshirishi, inson omilini kamaytirishi hamda chaqiruv jarayonidagi korrupsiya xavflarini qisqartirishi kutilmoqda.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish