O‘zbekistonda davlat obyektlari idoralarni Yangi Toshkentga ko‘chirish munosabati bilan elektron savdoga qo‘yildi. E-auksion platformasi orqali bir qator vazirliklar, idoralar va hokimiyatlarning ma’muriy binolari, shuningdek, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining o‘quv binolari sotuvga chiqarildi.
— Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi: ma’muriy bino, boshlang‘ich narxi 180 mlrd so‘m
— Texnik jihatdan tartibga solish agentligi: ma’muriy bino, boshlang‘ich narxi 279,8 mlrd so‘m
— Bektemir tumani hokimligi: ma’muriy bino, boshlang‘ich narxi 40,1 mlrd so‘m
— “O‘zbek ipaksanoat” uyushmasi: ma’muriy bino, boshlang‘ich narxi 70,1 mlrd so‘m
— Shayxontohur tumani hokimligi: ma’muriy bino, boshlang‘ich narxi 101,6 mlrd so‘m
— Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi: ma’muriy bino, boshlang‘ich narxi 73,4 mlrd so‘m
— Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti: Chilonzor tumanidagi asosiy o‘quv binolari, boshlang‘ich narxi 886,6 mlrd so‘m, shuningdek boshqa tumanlardagi fakultet binolari alohida lotlar bilan
Obyektlar sotilgandan so‘ng 3 yil ichida yoki Yangi Toshkentdagi yangi ma’muriy binolar muddatidan oldin qurib bitkazilsa, undan ham oldin bo‘shatib berilishi ko‘zda tutilgan.
