O‘zbekistonda tibbiyot va farmatsevtika xodimlariga uy-joy subsidiyalarini ajratish tartibi tasdiqlandi. Yangi qo‘llab-quvvatlash choralari ayrim mutaxassislarga o‘z uyini sotib olishda davlat yordamini olish imkonini beradi.
Subsidiyani davlat tibbiyot muassasalarida kamida 15 yil mehnat qilgan xodimlar olishi mumkin. Davlat yangi qurilgan uydan kvartira sotib olish uchun ipoteka kreditining boshlang‘ich badalining 25 foizini qoplab beradi.
Bu dasturdan kimlar foydalanishi mumkin? Har yili 500 nafar tibbiyot va farmatsevtika xodimi ushbu qo‘llab-quvvatlash chorasidan foydalanadi. E’tiborlisi, subsidiya aynan davlat tibbiyot muassasalari xodimlari uchun nazarda tutilgan.




