VALUTA KURSLARI:💱
EUR14 021▼ -113.60
OB-HAVO:🌤
Samarqand27°Bulutli

Toshkent viloyatida ziplaynda tushish vaqtida ikki kishi havoda to‘qnashib ketdi

Angren yaqinida ziplaynda to‘qnashuv: Toshkent viloyatida ikki kishi havoda bir-biriga urildi.

Angren yaqinidagi Lashkarak qishlog‘ida ziplayn attraksionida xavfli hodisa yuz berdi. Tushish vaqtida ikki kishi yuqori tezlikda havoda bir-biriga to‘qnashib ketdi.

Voqea aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi: unda ishtirokchilar bir-biriga qarab harakatlanib, parvoz paytida to‘qnashgani ko‘rinadi. To‘qnashuvdan so‘ng ikkisi ham xavfsizlik arqonlarida osilib qolgan.

Hodisa internet foydalanuvchilari orasida keng muhokamalarga sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik attraksionda xavfsizlik qoidalari buzilgan bo‘lishi mumkinligi va tashkilotchilar ishiga e’tibor qaratdi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish