VALUTA KURSLARI:💱
USD12 052▲ +39.93
OB-HAVO:🌤
Toshkent30°Ochiq

Toshkent viloyatida $3 mlrd qiymatdagi yangi xalqaro aeroport quriladi.

Toshkent viloyatida $3 mlrdlik yangi xalqaro aeroport quriladi (2026–2030)

Loyiha Uzbekistan Airports AJ va saudiyalik Vision International Investment kompaniyasi hamkorligida amalga oshiriladi. Tegishli kelishuv O‘zbekiston aviatsiya infratuzilmasini rivojlantirish doirasida imzolangan.

Yangi yuqori texnologiyali aeroport majmuasi Toshkent viloyatining Urta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlari hududida joylashadi. Loyihaning umumiy maydoni qariyb 1 310 gektarni tashkil etadi.

Dastlabki bosqichda loyihaga taxminan 3 milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar jalb etilishi rejalashtirilgan. Qurilish va foydalanishga topshirish ishlari 2026–2030 yillarga mo‘ljallangan.

Yangi aviatsiya xabi mavjud poytaxt aeroporti yuklamasini sezilarli darajada kamaytirishi, yo‘lovchi oqimini oshirishi hamda mamlakatning turizm va tranzit salohiyatini kuchaytirishi kutilmoqda. Shuningdek, yo‘lovchi va yuk tashish xizmatlarida zamonaviy xalqaro standartlar joriy etiladi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish