2026-yil 14-mayga o‘tar kechasi Toshkent shahrining Yashnobod tumanida noma’lum shaxs “Guzal” mahallasi 2003-yilda tug‘ilgan fuqaroning uyiga, u uxlab yotgan vaqtda kirib borgan. Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchi 5 million so‘m va 200 AQSH dollarini o‘g‘irlab ketgan.
Bundan tashqari, u jabrlanuvchiga tegishli BYD avtomobilining kalitlarini olib, transport vositasidan yana 7,2 million so‘mni o‘zlashtirgan.
Yo‘qotish aniqlangach, egasi ichki ishlar organlariga murojaat qilgan. O‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida gumonlanuvchi shaxs — 2002-yilda tug‘ilgan Jasur E. ekani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining “O‘g‘irlik” moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.



