VALUTA KURSLARI:💱
USD11 975▼ -98.06
OB-HAVO:🌤
Toshkent29°Bulutli

Toshkentda parkovka qoidalariga qarshi nazorat kuchaytiriladi: qoidabuzar avtomobillar jarima maydonchalariga olib ketiladi.

Toshkentda noto‘g‘ri parkovka qilingan avtomobillar evakuatsiya qilinadi — YHXTM

Toshkentda to‘xtash va to‘xtab turish qoidalarini buzgan holda qo‘yilgan avtomobillar evakuatsiya qilinadi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligini tashkil etish markazi (YHXTM) ma’lum qildi.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, poytaxtda avtomobillarni trotuarlar, piyodalar o‘tish joylari, avtobus bekatlari, yashil hududlar hamda to‘xtash va to‘xtab turish taqiqlangan belgilar o‘rnatilgan joylarda qoldirish holatlari muntazam qayd etilmoqda. YHXTM bunday qoidabuzarliklar piyodalar, jamoat transporti va maxsus texnika harakatiga to‘sqinlik qilishini hamda yo‘l harakati xavfsizligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlaydi.

Shuningdek, noto‘g‘ri joylashtirilgan avtomobillar keksa yoshdagi fuqarolar, bolali ota-onalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va bolalar harakatiga ham xalaqit berishi alohida qayd etilgan.

Shu munosabat bilan shaharda qat’iy choralar qo‘llash amaliyoti joriy etilmoqda: qoidalarni buzgan holda qoldirilgan avtomobillar belgilangan tartibda evakuatsiya qilinib, maxsus jarima maydonchalariga olib ketiladi.

YHXTM ushbu choralar yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, shahar transport holatini yaxshilash va aholiga qulay hamda xavfsiz harakatlanish sharoitini yaratishga qaratilganini ta’kidladi. Shuningdek, haydovchilarga yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish va taqiqlangan joylarga avtomobil qoldirmaslik tavsiya etildi.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish