VALUTA KURSLARI:💱
USD12 014▼ -39.55
OB-HAVO:🌤
Toshkent34°Ochiq

Toshkentda huquq-tartibot idoralari xavfli haydovchini o‘q otib to‘xtatdi.

Toshkentda politsiya quvish va o‘q otish orqali xavfli haydovchini to‘xtatdi

Toshkentda huquq-tartibot idoralari xodimlari quvishdan so‘ng xizmat quroli qo‘llangan holda xavfli haydovchini to‘xtatdi.

Voqea 11 iyun kuni soat 21:34 atrofida Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan. 1982 yilda tug‘ilgan, psixo-nevrologik dispanserda ro‘yxatda turuvchi erkak Cobalt avtomobilini boshqarib, Shota Rustaveli ko‘chasi bo‘ylab yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan va atrofdagilar hayotiga xavf tug‘dirgan.

Toshkent shahar IIBB ma’lumotiga ko‘ra, haydovchi xodimlarning to‘xtash haqidagi talabiga bo‘ysunmagan va yuqori tezlikda harakatni davom ettirib, bir nechta avtomobillarga shikast yetkazgan. Shu sababli huquq-tartibot idoralari uni ta’qib qilishni boshlagan.

Ogohlantirishdan so‘ng ichki ishlar xodimlari xizmat qurolidan foydalanib, avtomobil g‘ildiragiga o‘q uzgan va shu orqali transport vositasini to‘xtatishga erishgan.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda. IIBB ma’lum qilishicha, tekshiruv yakunlari bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi. Vaziyat Toshkent shahar IIBB rahbariyati nazoratida.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish