VALUTA KURSLARI:💱
USD12 031▼ -62.10
OB-HAVO:🌤
Toshkent39°Ochiq

Toshkentda tunu kun ishlaydigan Qatortol sayyohlik ko‘chasi paydo bo‘ladi

Toshkentda 24/7 ishlaydigan Qatortol sayyohlik ko‘chasi barpo etiladi

Chilonzor tumanidagi Qatortol ko‘chasida keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari boshlandi. Loyiha doirasida u kafe, restoran, qahvaxonalar, do‘konlar, dam olish va sayr qilish maskanlari joylashadigan zamonaviy, tunu kun faoliyat yurituvchi sayyohlik hamda gastronomik ko‘chaga aylantiriladi.

Chilonzor tumani hokimligi ma'lum qilishicha, loyiha poytaxt aholisi va sayyohlar uchun qulay shahar muhitini yaratishga qaratilgan. Xizmat ko‘rsatish sohasi va kichik biznesni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratiladi. Ko‘chada zamonaviy piyodalar yo‘laklari, yangi yoritish tizimi, obodonlashtirish elementlari, ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar, qulay jamoat maskanlari va dam olish joylari barpo etiladi.

Qatortolni yangilash Chilonzor tumanini kompleks rivojlantirish dasturining bir qismi hisoblanadi. Jami 15 ta ko‘cha obodonlashtirilishi rejalashtirilgan. U yerda yo‘l va piyodalar infratuzilmasi yangilanadi, binolar fasadlari tartibga keltiriladi, hududlarning tashqi ko‘rinishi yaxshilanadi hamda savdo, umumiy ovqatlanish va turizmni rivojlantirish uchun qulay sharoit yaratiladi.

Mutasaddilar loyiha yakunlangach, Qatortol Toshkentning yangi diqqatga sazovor maskanlaridan biriga aylanishi, aholisi va shahar mehmonlari esa bu yerda kunning istalgan vaqtida mazmunli hordiq chiqarishi mumkin bo‘lishini ta'kidlamoqda.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish