VALUTA KURSLARI:💱
USD11 990▼ -68.19
OB-HAVO:🌤
Toshkent35°Ochiq

Toshkentda bu hafta momaqaldiroq va +38°C gacha issiq kutilmoqda.

Toshkentda momaqaldiroq va +38°C gacha issiq kutilmoqda: 22–26 iyun uchun ob-havo prognozi

Toshkentda kelayotgan hafta davomida kunduzi havo harorati +38°C gacha ko‘tarilishi kutilmoqda. Shu bilan birga, ayrim kunlarda qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Bugun, 22-iyun kuni kunning ikkinchi yarmida sinoptiklar qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishini prognoz qilmoqda. Kunduzi havo harorati 34–36°C atrofida bo‘ladi.

23-iyun kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati 36–38°C gacha ko‘tariladi.

24-iyun kuni yana qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat 34–36°C darajasida saqlanib qoladi.

25 va 26-iyun kunlari poytaxtda quruq va issiq ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Kunduzi havo harorati 36–38°C gacha yetadi.

Hafta davomida tungi harorat 23–25°C oralig‘ida bo‘ladi. Sharqdan esuvchi shamol tezligi 3–8 m/s ni tashkil etadi, ba’zan 10–12 m/s gacha kuchayishi mumkin. Shaharning ayrim hududlarida chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor.

Mutaxassislar poytaxt aholisi va mehmonlariga safarlar hamda ochiq havodagi tadbirlarni rejalashtirishda ob-havo sharoitlarini inobatga olishni, ayniqsa kunning eng issiq vaqtlarida va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin bo‘lgan paytlarda ehtiyot bo‘lishni tavsiya etmoqda.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish