25-may kuni Toshkentdagi Olimpiya shaharchasida maktab o‘quvchilari uchun katta bitiruv shousi bo‘lib o‘tadi. Tadbirga kirish bepul bo‘ladi, sahnada 20 dan ortiq mashhur san’atkorlar chiqish qiladi.
Shahar hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, ushbu bayram o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlanib, soat 18:00 da yangi Olimpiya shaharchasi hududida boshlanadi. Barcha mehmonlar uchun kirish erkin.
Dastur davomida taniqli estrada ijrochilarining xit qo‘shiqlari, musiqa va ko‘ngilochar shoular taqdim etiladi. Tashkilotchilar haqiqiy bayram muhiti yaratilib, bitiruvchilarga yorqin taassurotlar va unutilmas lahzalar taqdim etilishini ta’kidlashmoqda.



