VALUTA KURSLARI:💱
USD11 910▼ -24.58
OB-HAVO:🌤
Toshkent31°Shabada yomg‘ir

Tailandda 26 kg kannabis bilan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi.

Phuket aeroportida 26 kg giyohvand modda bilan ikki O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi

Phuket aeroportida (Tailand) bojxona xodimlari 26 yoshli ikki O‘zbekiston fuqarosini katta miqdordagi giyohvand moddalarni olib chiqishga uringan paytda qo‘lga oldi.

Tailand Bojxona departamenti ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi gumonlanuvchining yukidan quritilgan kanabis (marixuana) gullaridan iborat jami 9,8 kg og‘irlikdagi 30 ta vakuum paket, shuningdek 1,03 kg og‘irlikdagi qayta ishlangan nasha mahsulotidan iborat 14 ta bo‘lak topilgan. Ikkinchi yo‘lovchidan ham shunga o‘xshash 9,8 kg marixuana solingan 30 ta paket, umumiy og‘irligi 4,1 kg bo‘lgan 8 ta hasish o‘rami, shuningdek taxminan 2 kg kanabisdan tayyorlangan mahsulotlar musodara qilingan.

Idora ma’lumotiga ko‘ra, xorijliklar taqiqlangan moddalarni bojxona qoidalari va majburiy deklaratsiya tartiblarini chetlab o‘tgan holda mamlakatdan olib chiqishni rejalashtirgan. Gumonlanuvchilarga nazorat ostidagi tovarlarni noqonuniy eksport qilishga urinish hamda Tailandning giyohvand moddalar to‘g‘risidagi qonunchiligini buzish bo‘yicha ayblovlar qo‘yilgan.

Qo‘lga olinganlar musodara qilingan dalillar bilan birga Saku tumani politsiyasiga topshirilgan. Ularga Tailand Qirolligi qonunchiligiga muvofiq uzoq muddatli qamoq jazosi va katta miqdorda jarimalar tahdid solmoqda.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish