VALUTA KURSLARI:💱
EUR13 589▼ -2.99
OB-HAVO:🌤
Toshkent31°Shabada yomg‘ir

Tailandda 11 yoshli bola pikapda 10 nafar buddaviy rohibni urib, halok qildi

Tailanddagi dahshatli YTH: 11 yoshli bola buddaviy rohiblar kolonnasini urib yubordi

Tailandning Mukdahan provinsiyasida 2-iyul kuni sodir bo‘lgan o‘lim bilan yakunlangan YTH yuzasidan tergov olib borilmoqda. Haj ziyoratini amalga oshirayotgan 35 nafar buddaviy rohib yo‘l chetida harakatlanayotgan paytda ularga katta tezlikda harakatlangan pikap kelib urilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobilni boshqargan 11 yoshli bola ota-onasining mashinasini ruxsatsiz olib chiqqan va taxminan 10 kilometr yo‘l bosgan. Shundan so‘ng u boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil yo‘l chetiga chiqib ketgan.

Hodisa oqibatida 5 nafar rohib voqea joyida halok bo‘lgan, yana 5 nafari shifoxonada vafot etgan. 20 nafardan ortiq kishi turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Jabrlanganlar orasida tasodifiy yo‘lovchi ham bo‘lgan.

Yaqinlarining aytishicha, bola rivojlanishida o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, hodisadan keyin kuchli ruhiy shok holatida. Buvisi uni to‘xtatishga uringanini, ammo ulgurmaganini aytgan. Bobosi esa nevarasiga hech qachon avtomobil boshqarishni o‘rgatmaganini bildirgan.

Tailand qonunchiligiga ko‘ra, 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar jinoiy javobgarlikka tortilmaydi. Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar hodisaning barcha tafsilotlarini o‘rganmoqda.

Yangilik sizga qanday?
Yangilikni ulashish
TelegramThreads

O‘xshash yangiliklar

Yana ko‘rish